Ertaga aksariyat hududlarda chang-toʻzon kuzatiladi

Saqlash
14:29 / 10.07.2025 70 0

 

“Oʻzgidromet” 11-iyul, juma kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 33-35 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//