
Jamiyat
DXX Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining bosh inspektorlari pora bilan ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash – xizmat koʻrsatish boʻlimi bosh inspektori mansab mavqeyidan foydalanib, Oltinkoʻl tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ tomonidan soliq va yigʻimlar boʻyicha topshirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi toʻgʻri aks ettirilmagani natijasida MCHJga juda koʻp miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi oʻtkazilishini aytgan.
Soʻngra Soliq boshqarmasidagi hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni oʻtkazmaslikni vaʼda qilib, evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan va MCHJ taʼsischisidan oldindan 500 AQSH dollari olgan. Qolgan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish boʻlimi bosh inspektori Jarqoʻrgʻon tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlari savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJga nisbatan oʻzining vakolatli hamkasblari orqali sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish bilan qoʻrqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MCHJ rahbaridan 2 500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu moddaga koʻra, xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik qilish BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q