
Jamiyat
China State Construction Engineering Corporation kompaniyasi Toshkent koʻchalarining keng koʻlamli rekonstruksiyasi uchun $300 mln ajratadi. Bu haqda dedi poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov maʻlum qildi.
Prezidentga “Yechimlar atlasi” taqdimotidan soʻng Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga intervyusida poytaxt koʻcha-yoʻl tarmogʻini kapital taʻmirlash boʻyicha rejalar haqida gapirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) Toshkent uchun 300 million dollar jalb qilgan va bu mablagʻ keng koʻlamli rekonstruksiya va taʻmirlash ishlariga sarflanadi.
“Bu mablagʻlar Shota Rustaveli koʻchasida keng koʻlamli rekonstruksiya va taʻmirlash ishlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilmoqda. Xuddi shunday, Toshkent shahrida 200 kilometr yoʻl va toʻrtta yoʻloʻtkazgich qurish va taʻmirlash rejalashtirilgan”, – dedi hokim.
U endilikda shahar koʻchalari obod va zamonaviy koʻrinishga ega boʻlishi uchun barcha kapital ishlar keng qamrovli – fasaddan fasadgacha amalga oshirilishini taʻkidladi.
“Hozir davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra, amaldagi qurilish qonunchiligiga tegishli hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish vazifasi qoʻyildi. Toshkent shahridagi yoʻllarini kapital taʻmirlash jarayonida koʻchaning ikki tomonidagi binolarning u devoridan bu devorigacha boʻlgan barcha ishlar amalga oshirilishi kerak”, — dedi Umurzoqov.
Ilgari yoʻl ishlari faqat yoʻlning “qizil chizigʻi” deb ataladigan qismigacha olib borilgan, bu esa koʻpincha piyodalar va unga tutash hududlarni obodonlashtirishsiz qoldirgan. Yangi yondashuv hech qayerni cheklamay, obod va uygʻun koʻchalarni yaratishi kerak.
May oyida Toshkent hokimligi Shota Rustaveli koʻchasini kompleks rekonstruksiya qilish boʻyicha 50 million dollarlik loyiha taqdim etgan edi. Bu markazida avtobus yoʻlagiga ega birinchi koʻcha boʻladi (ilgari bu yerda tramvay harakat qilgan). Bir nechta “garmoshka” avtobuslarini qabul qilish uchun bekatlar uzun boʻladi, ularga oʻtish joylari va svetoforlar oʻrnatiladi. Chapga burilish joylari yopiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q