
Jamiyat
Hali topshirilganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan yangi metro relslari olib tashlanayotgani tasvirlari tarmoqlarda tarqalib, buning ortidan jamoatchilik turli e’tirozlar va savollar bilan chiqqan edi. O‘zA bunga javob olish maqsadida metropoliten mutasaddilaridan rasmiy izoh so‘radi.
“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayevning O‘zAga ma’lum qilishicha, “...bu ishlarning mutlaqo buzib qaytadan qurishga aloqasi yo‘q. Bu – metro liniyalarini texnik jihatdan to‘liq tekshirish, kichik kamchiliklarni bartaraf etish va xalqaro standartlarga muvofiq profilaktik xizmat ko‘rsatish” bilan bog‘liq ishlar hisoblanadi.
“Yer usti halqa yo‘lining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida joylashgan 14 ta bekat bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Jahon tajribasiga muvofiq, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida muayyan muddat ekspluatatsiya qilinganidan so‘ng, xavfsizlikni ta’minlash va xizmat sifatiga baho berish maqsadida profilaktik ishlar amalga oshirilishi kerak.
Shu munosabat bilan 2025-yilning 8-iyun sanasidan boshlab Turon–Qipchoq (13–14-bekatlar) bekatlari oralig‘ida, 28-iyun sanasidan esa Quruvchilar–Yangiobod (6–12-bekatlar) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida ushbu vaqt mobaynida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” bekatlari yo‘nalishi bo‘ylab bepul harakatlanadigan katta sig‘imli metrobuslar tashkil etildi. 1M raqamli avtobuslar har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha qatnaydi va asosiy metro bekatlarini qamrab oladi.
“Bu tekshiruv jarayonlari — xalqaro ekspluatatsiya standartlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladigan ish. Qanday joyda kamchilik bo‘lishi mumkinligi to‘liq tahlil qilinib, o‘z vaqtida bartaraf etiladi. Bu profilaktika ishi xavfsizlik va sifat talablarini ta’minlash uchun zarur”, deydi matbuot kotibi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q