Jamiyat
Buxoro shahri Bahouddin Naqshband ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berdi. Uyning kirish eshigi va yo‘laklari yong‘in tutuni bilan qoplangani sababli 1-2-3-qavatlardagi xonadonlardan 9 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan.
Kecha, 8-iyul kuni soat 16:47 da Buxoro viloyati, Buxoro shahar “A.G‘ijduvoniy” MFY, B.Naqshband ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:51 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:03 da to‘liq o‘chirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yerto‘lada taxminan 20 kv m maydonda chiqindi yongan.
Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning kirish eshigi va yo‘laklari yong‘in tutuni bilan qoplangani sababli 1-2-3-qavatlardagi xonadonlardan 9 nafar fuqaro FVV qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan evakuatsiya qilinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112186
Jamiyat
94871
Jamiyat
90948
Jamiyat
75728
Jamiyat
//
Izoh yo‘q