“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladi

Saqlash
10:52 / 09.07.2025 386 0

Endilikda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladi. Qarorga ko‘ra, 2025-yildan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari shaklida o‘tkazib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Ushbu sport musobaqalarda yoshlarni sport bilan doimiy shug‘ullantirish xizmatini ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega bo‘lgan sportchilari ishtirok etishadi.

 

Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi.

 

Saralangan sportchilar quyidagi sport-ta’lim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun:

 

– 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;

 

– 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar – hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga yo‘naltirib boriladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 30
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 77
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 75
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 24
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112098
75623

//