UzTest sinov markazida 400 mln so‘mlik uskunalar o‘g‘irlandi

Saqlash
09:52 / 09.07.2025 67 0

Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 dona sinov laboratoriya jihozining biri yo‘qolib qoldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” DMning Buxoro viloyat hududiy filialida 1 tonna 200 kg va umumiy narxi 150 mln so‘m miqdorida bo‘lgan “Tormoznoy stend” sinov uskunasi hamda 250 mln so‘mlik gaz balonlarni o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan. 

 

Agentlik xabariga ko‘ra, Texagentlik rahbariyati bu ma’lumotga hozircha munosabat bildirgani yo‘q, UzTest mas’ullariga qanday choralar ko‘rilayotgani haqida ham izoh berilmagan.

 

O‘zA ushbu holat yuzasidan izoh so‘rab, “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” DM mas’ullarga so‘rov yuborganini qo‘shimcha qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//