
Jamiyat
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida profilaktika inspektori mast fuqaro pichoqlashidan vafot etgan edi. Xizmat vaqtida halok boʻlgan profilaktika inspektori “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan vaqtda halok boʻlgan, Xoʻjaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev oilasi bilan uchrashgan.
Hokim marhumning onasiga hamdardligini bildirib, uning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga qoʻshgan ulkan hissasini eʼtirof etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Abdurasul Abduvaliyevga vafotidan soʻng berilgan “Jasorat” medali oila aʼzolariga topshirildi. Qahramonning yuksak fazilatlari, xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olindi. Vatan tinchligi yoʻlida qilgan xizmatlari hech unutilmasligi, doim eʼtibor va eʼzozda boʻlishi taʼkidlandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q