Jamiyat
Joriy yilning 7-iyul kuni “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–1073-son) qabul qilindi. Unda issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashga oid choralar qayd etilgan. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida maʼlum qilindi.
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- davlat hisobini yuritish;
- maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash;
- issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish boʻyicha faoliyatni qoʻllab-quvvatlash.
Yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega. Oʻzbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan toʻliq tasarruf etiladi.
“Yashil” loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.
Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil boʻlgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q