Jamiyat
Tanishi bilan mashinada tortishib qolgan qiz avtomobil harakatlanayotgan vaqtda undan sakrab tushib qoldi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
7 iyul kuni soat 11.00 larda poytaxtning Mustaqillik ko‘chasida 24 yoshli X.A. “Nexia”ni boshqarib ketayotib, tanishi bo‘lgan 19 yoshli B.J. bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tortishib qoladi.
Shundan keyin 19 yoshli fuqaro harakatlanayotgan avtomashina eshigini ochib, yo‘l qatnov qismiga sakraydi. Shu hududda xizmat olib borayotgan tuman IIO FMB xodimlari zudlik bilan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan. Birlamchi tibbiy maʼlumotga ko‘ra, qizga “peshona va chap chap yonoq sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi hamda teri osti gematomasi” tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112186
Jamiyat
94871
Jamiyat
90948
Jamiyat
75728
Jamiyat
//
Izoh yo‘q