
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotganligi haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda manfaatdor idoralar mutasaddilari ishtirokida joyiga chiqib oʻrganilgani maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, Boʻstonliq tumani, Navobod MFY hududida joylashgan Chorvoq suv omborining (umumiy hajmi – 2006.0 mln.m³) “tomosha qilish maydonchasi”dan koʻrinib turgan 600 mm diametrli choʻyan quvurdan bogʻdorchilik fermer xoʻjaligining sugʻorish maqsadida ishlatadigan suvlari oqayotgani hamda uning yonida ichida elektr kabellari oʻtgan polipropilen quvurlar (d-76 mm va d-100 mm) ekani aniqlangan.
Oʻrganishga viloyat ekologiya boshqarmasining hamda Sanepidqoʻmitaning tuman laboratoriyalari jalb qilinib, 600mm diametrli quvurdan oqayotgan suvlardan tahlil namunalari olingan. “Dastlabki suv namunalari asosida olingan kimyoviy tahlillar natijasida suv tarkibida ifloslantiruvchi moddalar aniqlanmagan va olingan suv namunalari SanʼQvaM 0083-24 talablariga mos kelishi maʼlum boʻldi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu hududda markazlashgan oqova suvlarni qabul qilib olish uchun “Chimgan Chorbogʻ magistral suv tarmogʻi” AJga qarashli d-800 mm boʻlgan “Baqachol” oqova suv kollektor mavjud boʻlib, ushbu kollektor Chirchiq oqova suv tozalash inshootiga borib quyiladi.
Suv ombori sathi perimetr boʻylab chiqilganda, suv omboriga oqova suvlar oqizilmayotgani, shuningdek, suv omboriga quyiladigan barcha suv yoʻllariga oqova suvlar tashlanish holati aniqlanmagan.
Qayd etilishicha, suv omboridagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligiga va texnik holatiga taʼsir etuvchi omillar mavjud emas. Yaʼni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Chorvoq suv omboriga oqova suvlar quyilayotgani toʻgʻrisidagi xabar oʻz tasdigʻini topmadi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q