Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

Saqlash
14:30 / 07.07.2025 328 0

Qozog‘istonning Ostona shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi va unda 29 davlatdan 250 nafar bokschi qatnashdi. O‘zbekiston ayollar boks jamoasi vakili Navbahor Hamidova (-65 kg) finalga chiqib, nomdor raqib, turkiyalik Busenaz Surmenelini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi (5:0). Busenaz Surmeneli 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi g‘olibi, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni hisoblanadi.

 

Milliy olimpiya qo‘mitasi qayd etishicha, Hamidova mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bokschi qizga aylandi.

 

«Ushbu g‘alaba bilan Hamidova avvalgi 2 mag‘lubiyat uchun munosib revansh oldi», deya qayd etiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

 

O‘zbekiston ayollar jamoasi esa mazkur musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi.

 

Oltin medal:

-65 kg: Navbahor Hamidova.

 

Bronza medal:

-54 kg: Feruza Kazakova;

-75 kg: Aziza Zokirova;

-80 kg: Sohiba Ro‘zmetova;

+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 30
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 77
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 75
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 24
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112098
75623

//