Jamiyat
O‘tgan hafta respublika bo‘yicha kuzatilgan kuchli issiqdan so‘ng, 7−11 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Havo harorati dushanba kunduzi +36…+41 darajani, 8–9 iyul kunlari +33…+38 darajani, 10–11 iyulda +31…+36 darajani tashkil etadi. O‘zbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat +37…+40 daraja bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda 9–10 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 iyul kuni harorat asosan +39…+41 daraja, 8–9 iyulda +35…+38 daraja, 10–11 iyulda +32…+37 daraja bo‘ladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q