Jamiyat
Ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqida YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshov xabar berdi.
“Tizimni tamagirlik, poraxo‘rlik singari illatlardan tozalash ishlari olib borilayotgan bir paytda, boshqarma boshlig‘i yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lgan Malibu 2 avtomashinasida sodir etilgan qoidabuzarliklarni qonunga zid ravishda yashirishga uringani fosh etilgan”, - deyiladi xabarda.
.png)
Mavzu yuzasidan Oyina.uz va Habicatura'dan yangi karikatura
Shundan so‘ng Malibu rusumli 40 081 SBA davlat raqamli avtotransport vositasiga belgilangan jarimalar davlat foydasiga to‘liq undirilgan. Hozirda mazkur qonunbuzarlikka to‘liq huquqiy baho berish uchun qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Malibu mashinasi tomonidan sodir etilgan yuzdan ortiq qoidabuzarliklar asossiz bekor qilib kelingani aytilgan xabarlar tarqalgan. Ma’lum qilinishicha, qoidabuzarliklari bekor qilib kelingan Malibu mashinasi viloyat IIB YHXB boshlig‘i podpolkovnik Akmal Ahmedovning turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
111663
Jamiyat
94646
Jamiyat
90636
Jamiyat
75165
Jamiyat
//
Izoh yo‘q