
Jamiyat
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” ko‘magida ming yillik tarixga ega Samarqand qog‘ozi Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga olindi.
Rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish orqali Samarqand qog‘ozi milliy brend sifatida himoya ostiga olinadi, hamda xalqaro bozorda uni qonuniy asosda targ‘ib qilish imkoniyati kengayadi.
Ming yillik tarixga ega Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayonida balxtut novdalari maʼlum muddat suvda ivitib qo‘yiladi. Undan keyin po‘sti shilinib, po‘stloq ustidagi qo‘pol jigarrang qismi pichoq bilan ajratiladi. Tozalangan sarg‘ish rangli po‘stloqlar qozonda 5-6 soat qaynatiladi va shundan so‘ng ular yog‘ochdan yasalgan o‘g‘irlarda 7-8 soat davomida mayin tolalarga aylangunicha maxsus to‘sinlar orqali tuyib maydalanadi.
Keyingi bosqichda mayin tolasimon po‘stloqlar katta idishga solinib, Siyob suvida aralashtiriladi va to‘rtburchak shakldagi suzg‘ichlardan o‘tkaziladi. Ho‘l qog‘ozlar 8-10 soat davomida taxtakachga bostirib qo‘yiladi, so‘ngra ular birma-bir silliq joyga yopishtiriladi. Yakunida har bir qog‘oz silliq marmar tosh ustiga qo‘yilib, chig‘anoq yoki aqiq toshi bilan silliqlanadi. Shu tarzda Samarqand qog‘ozi tayyor bo‘ladi.
Samarqand qog‘ozi mahalliy miniatyura rassomlari va kalligraflar hamda Yaponiyadagi qadimiy qo‘lyozmalar va nodir asarlarni ta’mirlash jarayonida keng qo‘llaniladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q