Jamiyat
Toshkent shahrida iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan 300 nafarga yaqin shaxslar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, 70 nafariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-prim 3-moddasiga asosan (tilanchilik qilish) maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan, 47 nafari maʼmuriy jarimaga tortilgan. Shuningdek, 68 nafari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan va sud tomonidan ogohlantirilgan. Shu bilan birga, 44 nafar voyaga yetmagan bola Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga topshirilgan.
Ularning 15 nafarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari aniqlanmagani sababli Reabilitatsiya markaziga yuborilgan, 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 127-prim 1-moddasiga asosan (tilanchilik qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qolgan shaxslarga nisbatan tekshiruv ishlari davom etmoqda. Ta’kidlanishicha, 2025-yilning yarim yillik hisobotida tilanchilik bilan shug‘ullangan 1880 nafar shaxs aniqlangan.
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
110797
Jamiyat
94453
Jamiyat
90372
Jamiyat
74268
Jamiyat
//
Izoh yo‘q