Dam olish kunlari harorat pasayishni boshlaydi

Saqlash
16:15 / 04.07.2025 48 0

Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish kamroq bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

 

Prognozlarga ko‘ra, 4-iyul O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha harorat 34-39 darajagacha pasayishi seziladi.

 

6-iyul, yakshanba kuni harorat kunduzi 38-41 daraja atrofida, janubda 42-44 darajagacha bo‘ladi.

 

O‘zbekistonda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, 5-iyulda respublikaning ayrim joylarida, 6-iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 5-iyulda 40-43 daraja, 6-iyulda 39-41 daraja bo‘ladi.

 

“O‘zgidromet” avvalgi prognozlarida 5-iyulda harorat 4-6 darajaga pasayishini, biroq iyul oyida salqin havoni kutmaslik kerakligini bildirgandi.  

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//