JSST yangi epidemiya haqida ogohlantirdi

Saqlash
15:13 / 04.07.2025 167 0

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har olti kishidan biri yolg‘izlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bu holat ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, erta o‘lim ko‘rsatkichlari ortishiga olib kelyapti.

 

Oqibatda, xuddi shu muammo tufayli sayyoramizda soatiga qariyb 100 nafar, yiliga 871 ming nafardan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Shu bois JSST bu muammoga global epidemiya, deb ta’rif berdi.

 

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 13 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan aholi vakillaridan 17-21 foizi o‘zini yolg‘iz his qiladi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar o‘smirlar orasida qayd etilyapti.

 

Past daromadli davlatlarda respondentlarning 24 foizi o‘zini yolg‘iz, deb hisoblaydi. Bu yuqori daromadli mamlakatlarga nisbatan (11 foiz atrofida) ikki baravar yuqori ko‘rsatkich.

 

Shundan kelib chiqib, JSST barcha davlatlar, hamjamiyatlar va fuqarolarni ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga chaqirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//