Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

Saqlash
14:29 / 04.07.2025 99 0

Naqd pulda to‘lov qiluvchilar soni kamaygani sabab Toshkent metrosining ayrim bekatlarida kassalar yopildi.

 

Metropoliten ma’muriyatining bildirishicha, yo‘lovchilariga qulaylik yaratish hamda kassa oldidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida metrodan foydalanishda yo‘l haqini to‘lashning 10 dan ortiq turi mavjud. Jumladan, QR-kodli bir martalik chiptalar 3000 so‘mni tashkil qilsa, boshqa to‘lov usullari 1700 so‘m va undan ham arzon. Shuni inobatga olib, hozirgi vaqtga kelib yo‘lovchilarning kam sonli qismigina naqt pul ko‘rishida yani kassadan QR-kodli chipta harid qilib yo‘l haqini to‘lamoqda.

 

Ilgari  bir martalik QR-kodli chiptalardan metro yo‘lovchilarining 45-50 foizi foydalangan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib qariyb 6-7 foizni tashkil qilmoqda. Uzoq vaqt davom etgan kuzatuv va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra  bir qancha metro bekatlaridagi vestibyullarda joylashgan kassalarda chiptalar harid qilinish ko‘rsatkichi keskin kamaygani aniqlandi.

 

Shu boisdan, naqd pul ko‘rinishida to‘lovni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan 13 ta metro bekatlarining (Mirzo Ulug‘bek, Xalqlar do‘stligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, Pushkin, Do‘stlik, Toshkent, Oybek, Tinchlik, Shahriston, Bodomzor, Minor hamda Abdulla Qodiriy ) 1 tadan vestibyullaridagi kassalar yopildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu vestibyullarga chipta sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda.

 

Shuningdek, metro yo‘lovchilari kassa yopilgan vestibyullarda ham avtomatlashtirilgan to‘lov turlarining boshqa usullari orqali to‘lov qilish imkoniyatiga ega (ATTO kartalari, bank kartalari, turli mobil ilovalar, kaft orqali va boshqa to‘lov usullari).

 

Xabarda aytilishicha, bu to‘lov usullarining bir qator afzalliklari bo‘lib, yo‘lovchilarga kassa oldida navbat kutmasdan o‘z vaqtlarini tejash imkonini beradi. Qolaversa, metroda yo‘l haqini arzon tarifda to‘lashlari mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//