
Jahon
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoning barcha mamlakatlarini 2035-yilgacha alkogolli mahsulotlar, sigaret va shirin gazlangan ichimliklar narxini sogʻliq uchun soliqlar hisobiga kamida 50 foizga oshirishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot bayonotida aytiladi.
JSSTning taʼkidlashicha, bunday chora davlatlarga budjetga muhim daromadlar keltirishga yordam beradi va yuqumli boʻlmagan kasalliklar (YUBK) tarqalishini kamaytiradi. Tashabbus “3 ga 35” deb nomlangan.
Tashkilotning taʼkidlashicha, YUBK epidemiyasiga asosan tamaki, alkogol va shakarli ichimliklar isteʼmoli sabab boʻladi. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar, jumladan, yurak xastaliklari, saraton va qandli diabet dunyodagi barcha oʻlimlarning 75 foizdan ortigʻiga asosiy omil boʻlmoqda.
“Yaqinda eʼlon qilingan hisobot shuni koʻrsatdiki, bunday mahsulotlar narxini bir marta 50 foizga oshirish keyingi 50-yil ichida 50 million erta oʻlimning oldini olishga yordam beradi”, deya taʼkidlaydi JSST.
Tashabbusning asosiy maqsadi kasalliklar oldini olishdir, shuningdek ushbu chora 10-yil ichida 1 trillion dollarlik soliqlarni yigʻishga ham sababchi boʻladi. 2012-yildan 2022-yilgacha 140 ga yaqin mamlakat tamaki mahsulotlariga soliqlarni oshirdi, natijada ularning real narxi 50 foizdan koʻproqqa oshdi, deya qoʻshimcha qiladi JSST.
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q