Samarqandda osh festivali oʻtkaziladi

Saqlash
15:35 / 03.07.2025 39 0

 

Turizm qoʻmitasi 1−3-avgust kunlari Samarqandda ilk bor gastronomik turizmni rivojlantirish maqsadida “Samarqand oshi” festivali oʻtkazilishi haqida xabar berdi.

 

“Noyob oshpazlik tadbirida butun dunyodan kelgan oshpazlar, sayyohlar va sharq oshxonasi muxlislari mamlakatning boy gastronomik merosini birgalikda targʻib etadi”, deya yozgan qoʻmita matbuot xizmati.

 

“Samarqand oshi” festivalida 200 dan ortiq osh ustalari musobaqada bellashadi. Shuningdek, taniqli oshpazlarning mahorat darslari, hunarmandchilik va shirinliklar koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi. Tadbir dasturidan oʻzbek estradasi yulduzlarining konsertlari ham oʻrin olgan.

 

Xorijlik oshpazlar bellashuvi va “Boqiy shahar” majmuasida 7 tonna Samarqand oshining tayyorlanishi alohida eʻtiborni tortadi.

 

“Festival nafaqat taʻm bayrami, balki Oʻzbekistonni gastronomik turizm markazi sifatida targʻib qilishda muhim qadam boʻladi. Bu sayyohlar uchun qadimiy Samarqandni kashf etish va sharqona mehmondoʻstlik muhitidan bahramand boʻlishning ajoyib imkoniyatidir”, deyiladi bayonotda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//