
Jamiyat
Hukumat qarori bilan “Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlagan tadbirkorlar hamda xususiy bandlik agentliklariga quyidagi qoʻllab quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:
– bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi;
– ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi.
Nizomga koʻra, “Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri” axborot moduli yuritiladi.
Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga ajratiladi:
– elektron reyestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini taʼminlagan;
– mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlagan.
Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln soʻmgacha miqdorda ajratiladi.
Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:
▪️ surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;
▪️ psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;
▪️ hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.
Tadbirkorlar ushbu subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali murojaat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q