
Jamiyat
Turkiyaning deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik 50 nafar ayol vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi.
Ma’lum qilinishicha, agentlik hamda Turkiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan fuqarolarni legallashtirish bo‘yida muzokaralar o‘tkazildi. Uning natijasida ushbu mamlakatda noqonuniy maqomda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullandi.
Qariyalar va bolalarni parvarishlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar huquqiy maqom berishga kelishildi.
Shuningdek, Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayolga vatanga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilindi. 28 nafariga “vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, repatriatsiya jarayoni boshlandi.
O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi yangi bitim ishlab chiqishga kelishildi.
Migratsiya agentligi barcha fuqarolarni Turkiyada qonuniy ishlashga chaqirdi. Ushbu davlatda nolegal maqomda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini legallashtirish uchun migratsiya boshqarmasiga murojaat qilishi lozim.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q