“Sevimli TV” telekanali mualliflik huquqini buzgan uchun jarimaga tortildi

Saqlash
16:35 / 02.07.2025 165 0

Mualliflik huquqini buzgan “Sevimli TV” telekanali jarimaga tortildi. Bu haqda Intellektual mulk agentlgi xabar berdi.

 

Аdliya vazirligi tomonidan muallif R.Xudoyberdiyevga tegishli musiqiy asarlar “Sevimli TV” telekanali tomonidan bir nechta telenovellalarda ruxsatisiz hamda tegishli shartnoma tuzmagan holda foydalanilgani hamda “Splay” va “You tube” platformalari orqali barchaning e’tiboriga yetkazilgani aniqlandi.

 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

 

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

 

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1 000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//