3-iyul kuni havo harorati baʼzi hududlarda 46 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
12:02 / 02.07.2025 46 0

“O‘zgidromet” 3-iyul, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja isiydi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari havo biroz bulutl bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari havo biroz bulutl bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

 

2-iyuldan boshlab O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Issiq harorat asta-sekin ko‘tariladi, deb xabar bermoqda Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi.

 

Respublika shimolida 2- va 3-iyul kunlari, cho‘l hududlarda 3- va 4-iyul kunlari, respublikaning qolgan hududlarida 4-iyulda va ba’zi joylarda 5-iyulda eng issiq kunlar kuzatiladi.

 

Ushbu kunlarda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.

 

Aholidan Sog‘liqni saqlash va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim etib borilayotgan jazirama kunlari amal qilinishi kerak bo‘lgan hamda issiq urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilishlari so‘raladi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//