Jamiyat
“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qayd etilishicha, 2025–2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
2025-yil 1-sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari universitetga biriktiriladi va universitet:
– har oyda 1 marotaba 7–9-sinf o‘quvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida o‘qitadi;
– o‘quvchilarning universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi.
Qarorga ko‘ra, yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi. Ekotizim doirasida har yili:
– hamkorlik qilayotgan qurilish sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinadi;
– talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi 20 ta g‘oya” tanlovi e’lon qilinib, saralab olinadi;
– g‘olib loyihalar bo‘yicha laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazilishi ta’minlanadi.
– Shuningdek,Savdo-sanoat palatasi amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHMning 35 baravari miqdorida moliyaviy rag‘batlantiradi.
2025-yil 1-sentyabrdan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yo‘nalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
110600
Jamiyat
94412
Jamiyat
90304
Jamiyat
74057
Jamiyat
//
Izoh yo‘q