
Jamiyat
26-iyun kuni qabul qilingan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan yangi xizmatlarni joriy etishga qaratilgan prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan ushbu idoralarning tuman va shahar bo‘limlari faoliyati tugatilib, 1−3 shtat birligidan iborat ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etiladi. Ularga har bir tuman va shaharlardagi biznes jarayonlari va funksiyalar qamrab olinadi.
2026-yilning 1-iyulidan g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi.
2026 yilning 1-dekabridan “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi. U orqali fuqarolar o‘z pensiya miqdorini ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida oldindan aniqlashlari mumkin bo‘ladi. Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi. Pensiyalarni to‘lashda elektron imzo va biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi yo‘lga qo‘yilib, Call-markaz'ga esa sun’iy intellektni joriy etiladi.
G‘aznachilik qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlaridagi ayrim vazifalarni boshqarmalarga o‘tkazish orqali boshqaruv shtat birliklari soni 1 080 taga maqbullashtiriladi. Uning yarmidan ko‘pi qo‘mitaning tuman va shahar bo‘limlaridagi shtatlarga to‘g‘ri keladi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q