
Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan kecha Toshkent viloyati farzandi, paravelosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Fotima Saipovaga yangi uy berildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlangan velosport boʻyicha Oʻzbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempioni Saipova Fotima Dilshod qiziga uy sovgʻa qilgani haqida xabar berilgan edi.
Sportchiga Chirchiq shahar “Yangi O‘zbekiston” massivi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan 2 xonali, barcha qulaylik va jihozlar bilan ta’minlangan xonadon viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda viloyat faollari, ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar ishtirokida xonadon kalitlari sportchiga topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, Fotima Saipova so‘nggi 4 yil mobaynida para sport sohasida faol faoliyat yuritib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. U mamlakat chempionatlarida 4 marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va doimiy ravishda o‘z mahorat va tayyorgarligini oshirib kelmoqda.
Joriy yilda Taylandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida shosse yo‘nalishida 1-o‘rinnni egallagan.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q