
Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, bugun, 1-iyuldan boshlab yo‘lovchilar mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Mazkur tartibga ko‘ra, aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti, mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.
Joriy ma’lumotlar faqatgina my.gov.uz sayti, mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidan ko‘rsatilgandagina shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi. Ya'ni, ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport yo IDning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining "skrinshot"lari qabul qilinmaydi.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q