
Madaniyat
19-26-may kunlari Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida “Madaniyatlar muloqoti” (“Диалог культур”) XIX xalqaro media-forumi boʻlib utdi. Forum Moskva shahrida boshlanib, unda dunyoning 35 mamlakatidan 300 nafar jurnalist, bloger va fotograflar ishtirok etdi.
Ilk bor forum doirasida ikkinchi jahon urushining 80-yilligiga bagʻishlab “Birgalikda gʻalaba qildik“ (“Победили вместе”) mavzuida tanlov oʻtkazildi. Unda “Foto“ yoʻnalishi boʻyicha buxorolik yosh fotograf Behzod Boltayev ikkinchi jahon urushi veterani Ahmed Muxsinov haqidagi emotsiya uygʻunlashgan foto-toʻplami uchun gʻolib deb topildi va “Russkiy mir“ jamgʻarmasi hisobidan Rossiyada taʼlimiy va maʼrifiy loyida qatnashish huquqini koʻlga kiritdi.
Keyinchalik forum Sankt-Peterburg shahriga utdi. Ermitajning Bosh shtabida boʻlib utgan “Men shu yerda yashayman“ (“Я здесь живу“) multimedia koʻrgazmasida qatnashib, buxoroliklar haqidagi foto-ishlari seriyasi uchun diplom bilan taqdirlandi.
Forum doirasida Peterburg va uning atrofida, “Rossiyada uch kun“ dasturi boʻyicha Murmansk viloyatida fotoreportajlar yaratdi va katta taassurotlar bilan qaytdi.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q