Statistika: yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga qaysi davlatdan eng koʻp turist kelgan?

Saqlash
09:50 / 01.07.2025 62 0
Foto: Turizm qo‘mitasi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

 

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 % ga oshgan.

 

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha:

 

- Qirgʻiz Respublikasi – 942,2 ming nafar

- Tojikiston – 793,9 ming nafar

- Qozogʻiston – 617,2 ming nafar

- Rossiya – 240,1 ming nafar

- Afgʻoniston – 156,6 ming nafar

- Turkmaniston – 109,6 ming nafar

- Turkiya – 49,4 ming nafar

- Xitoy – 38,1 ming nafar

- Hindiston – 22,6 ming nafar

- Italiya – 11,1 ming nafar

- Boshqa davlatlar – 136,8 ming nafar

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//