Oʻzbekiston milliy brendi dunyoda eng tez oʻsayotganlardan biri boʻldi

Saqlash
14:03 / 30.06.2025 79 0

 

Brand Finance kompaniyasi 2025-yil uchun milliy brendlar reytingini eʼlon qildi.

 

Oʻzbekiston oʻtgan yilga nisbatan oʻz reytingini yaxshilab, 57-oʻrindan 55-oʻringa koʻtarildi. Qoʻshnilardan Qozogʻiston ham 45-oʻrindan 43-oʻringa koʻtarilib, oldinga qadam tashladi. Qirgʻiziston ham biroz oldinga siljib, 130-oʻrindan 127-oʻringa koʻtarildi.

 

Mamlakat brendi qiymatini baholashda yalpi ichki mahsulot (YaIM), investitsion va turistik jozibadorlik, savdoni tartibga solish, ijtimoiy jihatlar hamda boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlar hisobga olinadi.

 

Roʻyxatning eng yuqori pogʻonasidan AQSh, Xitoy va Germaniya oʻrin olgan. Keyingi oʻntalikka Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Hindiston, Kanada va Italiya kiradi. Bu davlatlar iqtisodiyoti va dunyoda tan olinishi tufayli anʼanaviy ravishda yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.

 

Oʻzbekiston, shuningdek, milliy brend sifatida eng tez tanilayotgan davlatlar ichida ikkinchi oʻrinni egallagan. Birinchi oʻrinni Ispaniya band etgan, uchinchi oʻringa esa Polsha joylashgan.

 

Reytingga jami 192 davlat kiritilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//