
Jamiyat
O‘zbekistonda uy oldi-sotdisi naqdsiz shaklga o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda Senat yig‘ilishida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev maʼlum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda xufiyona iqtisodiyot ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Mazkur muammoni yechish maqsadida qator vazirlik va idoralar hamkorligida Prezident qarori loyihasi tayyorlangan. Loyihada asosiy eʼtibor naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Mubin Mirzayev ko‘p davlatlar 2030-yilga borib naqdsiz hisob-kitoblar tizimiga o‘tishni maqsad qilgani, O‘zbekistonda ham eng yirik hisob-kitoblar tizimini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilayotganini ta'kidladi.
Bu esa ko‘chmas mulkdan boshlanadi. Bugungi kunda uy sotish va sotib olish ko‘pincha naqd pulda amalga oshiriladi. Endilikda to‘lovlarni qonuniy tarzda, bank aylanmasi orqali to‘lash tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Bunda savdo qoidalarini buzmagan holda ishlashni rag‘batlantirish va qonuniy tartiblarga amal qilishni taʼminlash ham ko‘zda tutilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q