
Jamiyat
2025-yil 1-iyuldan «Mashinasozlar metrosi» (Toshkent) — Chorvoq (Humson qo‘rg‘oni) avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
«Toshshahartransxizmat» qayd etishicha, bu yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va aholining transportga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.Yo‘nalishga MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ushbu avtobuslar 47 ta o‘rindiqli, shinam va konditsionerlar bilan jihozlangan. Yo‘nalishda yo‘lkira narxi 25 ming so‘m etib belgilangan.
Birinchi qatnov «Mashinasozlar metrosi» bekatidan har kuni soat 06:00 da boshlanadi. Qatnovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So‘nggi qatnov soat 20:30 da Chorvoq tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da «Mashinasozlar metrosi»da tugatiladi.
Yo‘nalishdagi avtobuslar harakati Mashinasozlar metrosidan boshlanib, Maxtumquli ko‘chasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Hojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo‘rg‘onigacha davom etadi. «Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud», - deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q