Ilm-fan
Kazinform xalqaro axborot agentligining yozishicha, bu haqda O‘zbekiston kosmik agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov ma’lum qilgan.
Muhiddin Ibrohimovga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistondan 7 nafar talaba Yaponiyaning Kyusyu texnologiya institutiga magistratura bosqichiga o‘qishga yuboriladi.
“Ular o‘qish davrida sun’iy yo‘ldosh loyihasini ishlab chiqish, uni yig‘ish va sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirishga oid bilimlarni o‘zlashtiradi. Ayni paytda koinotga sun’iy yo‘ldoshni uchirish uchun kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish kerakligini ham tushunishimiz kerak. Bizning rejamizga ko‘ra, O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqadi”, – degan O‘zbekiston kosmik agentligi direktori o‘rinbosari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Space X kompaniyasi bilan bu borada muzokaralar olib bormoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73053
Jamiyat
//
Izoh yo‘q