
Jamiyat
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yoz uchun nisbatan qulay va bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Shanba va yakshanba kunlari harorat +32…+37 daraja bo‘ladi. Faqat respublikaning eng chekka janubida havo ba’zi joylarda +39…+41 darajagacha isiydi.
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi. Yakshanba kuni esa faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida va Farg‘ona vodiysida shamol kuchayishi kutilmoqda.
Respublikaning ayrim joylarida shamolning kuchayishi chang-to‘zonlar bilan qayd etiladi.
Toshkent shahrida havo bulutsiz, harorat asosan kechalari +21…+23 daraja, kunduz kunlari +34…+37 daraja bo‘ladi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q