Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

Saqlash
15:21 / 27.06.2025 42 0

Toshkent ko‘chalarida harakat xavfsizligini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yo‘l transport hodisalarining oldini olish va shaharda tirbandliklarni barvaqt prognoz qilishga qaratilgan Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi yaratildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, markazga tatbiq etilgan intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratib beradi.

 

Natijada, shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishiga, avtomobil yo‘lovchilarining vaqtini tejash, yo‘llardagi baxtsiz hodisalar soni kamayishi, favqulodda xizmatlar harakatini tezlashtirish hamda qaror qabul qilishda aniq statistika orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

 

Tadbir jarayonida Toshkent shahar hokimi tomonidan yo‘l-patrul xizmatiga 20 dona, patrul post xizmati uchun maxsus jihozlangan 20 dona Cobalt rusumli yangi xizmat avtomobillari topshirildi. Ushbu avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularga o‘rnatilgan kameralar vaziyatlar markaziga integratsiya qilingan.

 

Ushbu avtomashinalarda o‘rnatilgan zamonaviy kameralar qidiruvdagi shaxslar, olib qochilgan transport vositalari, jamoat xavfsizligiga tahdid qoluvchi holatlar haqida markazga xabar yuborish imkoniyati mavjud. Markaz esa bir vaqtning o‘zida barcha xizmat avtomobillaridagi kameralarni masofadan turib boshqarishi mumkin.

 

Shavkat Mirziyoyev 16-iyundagi videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrida transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligini aytgandi.

 

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 356 ta giyohvandlik va psixotrop moddalarni saqlash, tashish va iste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan, 70 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olingan hamda 100 dan ortiq qidiruvdagi transport vositalari ushlangan.

 

Poytaxt yo‘llarida kundalik 1 milliondan ortiq avtotransport vositalarining tartibli va xavfsiz harakatlanishi, inspektorlar tomonidan 2 million 974 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlanib qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

 

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, bugungi kunga kelib Toshkent shahrida umumiy yo‘l transport hodisalari soni 4,1 foizga, o‘lim bilan bog‘lig‘i 6,9 foizga, tezlikni oshirish oqibatida sodir bo‘lganlari 66,7 foizga, mast holda transport vositasini boshqarish oqibatidagi halokatlar 16,7 foizga, shuningdek, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni 8 foizga kamayishiga erishildi.

 

Тошкент шаҳар ИИББ Йўл-патруль хизмати бригадасининг маъмурий биноси тўлиқ капитал таъмирдан чиқарилиб фойдаланишга топширилди

 

Тошкент шаҳар ИИББ Йўл-патруль хизмати бригадасининг маъмурий биноси тўлиқ капитал таъмирдан чиқарилиб фойдаланишга топширилди

 

Тошкент шаҳар ИИББ Йўл-патруль хизмати бригадасининг маъмурий биноси тўлиқ капитал таъмирдан чиқарилиб фойдаланишга топширилди

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//