
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda OLX onlayn savdo platformasiga 3 yoshli bola sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani izoh berdi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e’lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylashtirilgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri, Uchtepa tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi voyaga yetmagan I.A. (2012-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) kichik yoshli ukasi A.M. (2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni sho‘xligi uchun go‘yoki ta’zirini berish maqsadida onlayn platformaga sotuv haqida (o‘zi ochgan akkauntdan) e’lon joylashtirgan. U sotuv narxini 150 ming so‘m deb ko‘rsatgan.
Bolalar ombudsmani ushbu harakatni “shunchaki bolalarcha o‘ylovsiz tarzda” qilinganini ta’kidladi.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda, deyilgan xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q