
Madaniyat
Italiyaning mashhur “La Skala” opera va balet teatrida 2025-2027-yillar davomida faoliyat yuritish hamda Yevropaning mashhur teatrlarida tajriba almashish yuzasidan oʻzbekistonlik taniqli opera xonandasi Aqlbek Piyazov bilan shartnoma imzolandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, bu jarayon oʻzbekistonlik opera xonandalari orasida ilk marotaba kuzatilgan.
“Har 2-yilda bir marotaba Milanning “La Skala” teatri dunyodagi isteʻdodlarni saralaydi va 2-yillik shartnoma asosida ishga qabul qiladi, men ushbu tanlovda qatnashish uchun 6-yil tayyorgarlik koʻrdim, hozir juda hayajondaman, meni tanlashganidan judayam xursandman” – deydi taniqli opera xonandasi Aqlbek Piyazov.
Maʻlumot oʻrnida, saralash jarayonida butun dunyodan 800 nafar opera xonandalari hujjat topshirishgan boʻlib, shundan soʻnggi saralash bosqichida Oʻzbekiston, Latviya, Qozogʻiston, Italiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Chili, Xitoy davlatlaridan jami 12 nafar opera xonandalari tanlab olindi. Oʻzbekiston vakili boʻlmish Aqlbek Piyazov ham ushbu saralash bosqichidan oʻtdi va u bilan 2-yillik shartnoma tuzildi.
“Quvonarlisi shuki, endi oʻzbekistonlik operachilarga qiziqish ortadi va bizni isteʻdodlar bilan ishlash uchun shartnoma tuzishga boʻlgan talab va takliflar boʻladi. Bu nima degani bilasizmi? Oʻzbekiston opera sanʻati jahon arenasidan yangray boshlaydi. Tasavvur qilishingiz uchun sizga misol keltiraman, bizning mashhur futbolchilarimiz Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanovlarni dunyodagi eng reytingi yuqori klublar ishga taklif qilib, maʻlum muddatga shartnoma qilishgan. Aqlbek Piyazov bilan ham xuddi shunday shartnoma tuzilgan, faqat bu sport yoʻnalishida emas, balki madaniyat yoʻnalishida. Bu juda katta natija, hatto men ham Milanning “La Skala” opera va balet teatrida malaka oshirishni orzu qilganman” – deydi Oʻzbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov.
“La Skala” – Milandagi opera teatri, jahon opera sanʻatining yirik markazlaridan biridir. Ushbu teatr joylashgan bino “Santa Mariya della Skala” cherkovi oʻrnida 1776—1778-yillari qurilgan.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q