Jamiyat
Prokuratura organlari bilan oʻtkazilgan reyd davomida Toshkent shahridagi VI-XV asrlarga oid “Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ixtisoslashgan korxona tomonidan yodgorlik hududi orqali 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvurlari oʻtkazilgan va 160 metr kub qismi ekskavator yordamida qazdirilgan. Oqibatda unga 31,5 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Agentlik bu kabi jinoiy harakatlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanishini, aybdor shaxslarga nisbatan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qoʻllanishini eslatib oʻtgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112186
Jamiyat
94871
Jamiyat
90948
Jamiyat
75726
Jamiyat
//
Izoh yo‘q