Jamiyat
Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2029-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʻlim maktabida oʻqituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor oʻrinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshligʻi vazifasida ish olib borgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112186
Jamiyat
94871
Jamiyat
90948
Jamiyat
75728
Jamiyat
//
Izoh yo‘q