
Jamiyat
Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari tomonidan “Toshkent bosqinining 160-yilligi: haqiqat va uydirmalar” mavzusida ilmiy yigʻin oʻtkazildi.
OʻzA xabariga koʻra, tadbir bundan 160-yil avval – 1865-yil iyun oyida Toshkentda Rossiya imperiyasi harbiy kuchlariga qarshi kurashga bagʻishlandi.
Qayd qilinishicha, “Turkistonning eng keksa va muhim harbiy-siyosiy, iqtisodiy markazlaridan sanalmish Toshkentni qoʻlga kiritishni 1864-yil 1-oktyabrda boshlagan yovuz dushman 1865-yil 29-iyunida oʻz qabih niyatiga erishgan – toʻqqiz oy deganda Toshkentni egallagan”.
“Mustamlaka davrida ushbu qonli oylar bir tomonlama – bosqinchilar manfaati nuqtayi nazaridan oʻrganilgan va yoritilgan. Bu borada turli nayranglar qoʻllanib, toshkentliklarning yursevarligi va botirligi, butun xalq – yosh-u qari, erkak-u xotin-qizlarning dushmanga qarshi ayovsiz qarshiligi yerga urilib, turli yasama nazariya va vajlar oʻrtaga tashlanib, mustamlakachi davlatning bosqinchilik siyosatini oqlashga tirishib kelingani tarixiy manbalardan yaxshi maʻlum”, deyiladi xabarda.
Fanlar akademiyasi Tarix institutida oʻtkazilgan ilmiy yigʻindan bosh maqsad – bu borada yigʻilib qolgan fikr-mulohazalar, soʻnggi yillarda qoʻlga kiritilgan ilmiy natijalar, mavzu manbashunosligi, yangicha ilmiy yondashuvlar boʻyicha qarashlar, muammolarni oʻrtaga tashlashdan iborat ekani taʻkidlanmoqda.
Ilmiy yigʻinni ochib bergan institut direktori, akademik Azamat Ziyo kun tartibidagi mavzu ilmiygina emas, siyosiy mazmunga ham egaligi, bosqin va unga qarshi kurashni shunchaki tarixiy voqea emas, balki bosqinchilarning chin tabiati va xalqimizning erkinlik tuygʻusi nuqtayi nazarlaridan oʻrganish va yoritish kerakligi, Rossiya imperiyasining Turkistonga tajovuzini oqlash boʻyicha singdirib kelinayotgan turli “ilmiy-nazariy” nayranglarni ochib tashlash zaruratiga urgʻu berdi.
“Toshkent bosqinining 160-yilligi: haqiqat va uydirmalar” ilmiy yigʻinida bildirilgan ilmiy qarashlar, fikrlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni tarixiy bilimlar bilan qurollantirish, yurt uchun kuyunib yashash, tinchlik-osoyishtalik, ozodligimizni koʻz qorachigʻidek saqlashdek muqaddas burchni bajarishga xizmat qilishi aniq», deyiladi xabarda.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q