
Jamiyat
Oʻzbekistonda 2025-yildan boshlab har yili noyabr oyida “Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovi oʻtkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 24-iyundagi qarorida belgilangan.
“Turizm obyektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy taʻsiri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq koʻrsatiladigan xizmatlarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga koʻra, tanlovni oʻtkazishning asosiy maqsadlari:
— ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda uni chiqindilar bilan ifloslantirishining oldini olish;
— turizm obyektlarida plastik mahsulotlardan foydalanishni hamda plastik chiqindilarni kamaytirish;
— turizm obyektlarida bir martalik plastiklardan ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) mahsulotlarga oʻtish va ulardan foydalanishni ragʻbatlantirish;
— ekologik talablar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekologik mezonlarga rioya etilishiga erishish;
— turizm obyektlarida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion yechimlar hamda iqtiqbolli tashabbuslani qoʻllab-quvvatlash.
Tanlov turizm obyektlatida bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanishda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) mahsulotlarga oʻtish borasida yaxshi natijalarga erishgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan holda oʻz faoliyatida chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Tanlov hududiy saralash va respublika yakuniy bosqichlaridan iborat boʻladi. Gʻoliblar maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi. Hududiy komissiyalar tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan, respublika komissiyasi tarkibi esa ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlovning respublika yakuniy bosqichi gʻoliblari bir yoʻla toʻlanadigan quyidagi miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin — BHMning 150 baravari (1-avgustdan 61,8 million soʻm);
2-oʻrin — BHMning 100 baravari (41,2 million soʻm);
3-oʻrin — BHMning 50 baravari (20,6 million soʻm).
Sovrindorlarni taqdirlash, pul mukofoti, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlov “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi prezident farmoniga muvofiq sohada ekologik talablar asosida koʻrsatiladigan xizmatlarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q