Toshkentda bloger Nil timsohini uyida saqlayotgani aniqlandi

Saqlash
13:16 / 25.06.2025 123 0

Toshkent shahrida yashovchi shaxs yashash manzilida bir bosh Nil timsohini saqlayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

 

Fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92−1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Timsoh Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborildi.

 

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son qaroriga asosan, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan (ro‘yxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash hamda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//