25-iyun kuni havo harorati baʼzi hududlarda 43 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
17:06 / 24.06.2025 62 0

Gidrometeorologiya xizmati agentligi 25-iyun kuni respublika boʻylab kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlari bilan boʻlishdi.

 

Unga koʻra, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° boʻladi.

 

TOSHKENT SHAHRI

 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 38-40° boʻladi.

 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

 

Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq bolishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 26-31° boʻladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, Navoiy viloyati shimolida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq bolishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 33-38° boʻladi.

 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° boʻladi.

 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° boʻladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//