
Jamiyat
Bugun, 24- iyun kuni 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda “Oyina” jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Xalqaro press klub, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada jami 29 ta OAV jamoalari o‘zaro kuch bellashdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan bellashuv yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin: “Oyina” jamoasi
2-o‘rin: “O‘zJOKU” jamoasi
3-o‘rin: “Yoshlar” jamoasi
Musobaqa g‘oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlandi:
1-o‘rin: 18 mln so‘m va Samarqandga sayohat yo‘llanmasi
2-o‘rin: 15 mln so‘m
3-o‘rin: 12 mln so‘m
Shuningdek, musobaqada qatnashgan barcha jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q