Tok, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanib, ularni oʻgʻirlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Saqlash
13:32 / 24.06.2025 50 0

24-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqib, qabul qilindi.

 

Mazkur qonun loyihasi bilan:

 

- Ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga yoritish uchun elektr energiyasidan behuda xoʻjasizlarcha foydalanish huquqbuzarligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berilmoqda;

 

- energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar ham maʼmuriy huquqbuzarlik subyekti sifatida belgilanmoqda;

 

- yakka tartibdagi tadbirkorlarning javobgarligi aniq belgilab qoʻyilmoqda;

 

- elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulanib, ularni oʻgʻirlaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda;

 

- nazorat organi – Oʻzenergoinspeksiyaning vakolatlari aniqlashtirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//