
Iqtisod
Ispaniyaning “El Mundo Financiero” onlayn nashri “Oʻzbekistonning “Oltin viza” dasturi xorijiy investorlarni ragʻbatlantirish yoʻlidagi navbatdagi qadam” sarlavhali maqola eʼlon qildi. Unda qayd etilishicha, Oʻzbekiston xorijiy investorlar uchun Markaziy Osiyodagi eng jozibador manzil boʻlib qolmoqda.
Dunyo axborot agentligi xabar berishicha, maqolada shunday deyiladi:
“Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18-aprel kuni qabul qilingan “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida “Oltin viza” berish haqida soʻz borgan. Bu masala farmonning 26-bandida oʻz ifodasini topgan”.
Hujjatga koʻra, investitsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida joriy yil 1-iyundan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga 250 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila aʼzosiga (turmush oʻrtogʻi, farzandi va ota-onasi) 150 ming AQSH dollari miqdoridagi toʻlovlar evaziga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi 5-yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.
“Oltin viza” dasturi xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, huquqiy kafolatlar berish, mamlakat sarmoyaviy muhitini mustahkamlashga qaratilgan.
“Taʼkidlash kerakki, soʻnggi sakkiz yilda, xalqaro maydondagi ziddiyatlarga qaramasdan ochiq va pragmatik tashqi siyosat yuritish Oʻzbekistonning jahon arenasidagi tashrif qogʻoziga aylandi. Mamlakat, ayniqsa, xorijiy investorlar uchun qulay makonga aylandi. Oʻsib borayotgan iqtisodiy salohiyati bilan ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda eng jozibador manzil hisoblanadi, desak xato boʻlmaydi”, – deyiladi maqolada.
2017-yildan boshlab Oʻzbekistonda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish boʻyicha tub islohotlar amalga oshirildi. Xususiy mulk egalari, shu jumladan investorlar huquqlari kafolatlari yangilandi, ular hatto Oʻzbekiston Bosh qomusida ham yanada mustahkamlandi. Shuningdek, oʻtgan yillarda xorijiy investitsiyalarni ragʻbatlantirishga oid davlatimiz rahbarining qator qaror va farmonlari, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari qabul qilingani taʼkidlangan.
“Bir soʻz bilan aytganda, ”Oltin viza“ dasturi respublikaning mehnat resurslari mavjud hududlarida milliy iqtisodiyotni texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, davlat obyektlarini xususiylashtirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan”, – deyilgan “El Mundo Financiero” maqolasida.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Iqtisod
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q