O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

Saqlash
14:28 / 23.06.2025 41 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

 

O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

 

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, konchilik, transport sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ladi.

 

Sammit yakunida kelishuvlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//