“O‘zgidromet” hafta davomidagi ob-havoni ma’lum qildi

Saqlash
13:56 / 23.06.2025 72 0

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda. 23–25-iyun kunlari havo harorati kunduz kunlari 38-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-44 darajagacha ko‘tariladi.

 

Bu kunlarda respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Navoiy viloyati shimolida 24–25 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 25-iyunda harorat 26-31 darajagacha pasayadi.

 

Payshanba kuni respublikaning barcha hududlarida haroratning pasayishi kuzatiladi. Hududning katta qismida harorat 30-35 daraja atrofida bo‘ladi. Juma kuni harorat biroz ko‘tariladi va 33-36 darajani, ba’zi joylarda 38 darajani tashkil etadi.

 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 25–26 iyunda ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

23-iyunda Farg‘ona vodiysining ayrim tog‘li hududlarida, 26-iyunda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23–25 iyun kunlari harorat asosan kunduzi 38-41 daraja bo‘ladi, 26-iyunda 31-33 darajagacha pasayadi, 27-iyunda 34-36 daraja bo‘ladi.

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//